Shavkat Mirziyoyevning ushbu haftadagi rejalari ochiqlandi
Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining yangi haftadagi rejalari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Shavkat Mirziyoyevning joriy haftaga mo‘ljallangan ish rejasida qator tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Taqdimot va yig‘ilishlarda investitsiya sohasi, hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, boshqaruv kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish, hududlardagi ekologik holatni yaxshilash va boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Hafta yakunida davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter