Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga davlat tashrifi doirasida 19 aprel kuni ushbu mamlakat Oliy Majlisi Namoyandagon majlisi Raisi Mahmadtoir Zokirzoda bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Parlamentlararo almashinuvni yanada faollashtirish, kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish uchun sohaviy qo‘mitalar va hududiy kengashlar darajasida samarali aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Qabul qilingan hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish hamda oliy darajadagi kelishuvlarning o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda ikki mamlakat deputatlarining muhim roli qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter