Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Rossiyaga tashrif bilan bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Moskvadagi «Vnukovo-2» aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shundan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Kremlga yo‘l oldi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter