Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev xorijga safar qilishi kutilyapti

Shavkat Mirziyoyev xorijga safar qilishi kutilyapti

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari Hindistonga safar qilishi kutilyapti. Bu haqda hind matbuoti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kunlari hind diyorida respublika kuni milliy bayrami nishonlanadi. Yangi Dehli Markaziy Osiyodagi 5 ta davlat rahbarlarini mazkur marosimga taklif qilgan.

Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham mamlakatdagi vaziyatga qaramay, rejadagidek Hindistonga safar qilishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev 2019 yil yanvarda ham ushbu mamlakatga borib, «Jo‘shqin Gujarat» xalqaro investitsiya forumida ishtirok etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring