Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-fevral kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisiga mamlakatning janubi-sharqida qor ko‘chishi oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajada, eng avvalo savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish choralari muhokama qilindi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlariga qarshi kurashish borasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Bo‘lajak tadbirlar, shu jumladan ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi muloqotlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring