Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi taklif berdi
Ayni vaqtda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davom etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan delegatsiyalarning kengaytirilgan tartibdagi uchrashuvi vaqtida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga to‘xtaldi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishi davomida har ikki davlat hududlarining o‘zaro aloqalariga urg‘u qaratishni taklif etdi.
— Tojikiston bizning yaqin qo‘shnimiz, ishonchli do‘st va strategik hamkorimizdir.
Biz hurmatli Emomali Rahmon bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha gaplashib oldik. Shu munosabat bilan aytmoqchimanki, barcha masalalar bo‘yicha batafsil so‘z bordi. Shu vaqtgacha ko‘p ishlar amalga oshirildi, ammo hali qilinadigan ishlar ham yetarli.
O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun har ikki davlat hududlari o‘rtasidagi aloqalarning ahamiyati juda katta. Hududlar tashabbus bilan chiqib, o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish uchun forumlar tashkil etsa, shubhasiz, hamkorlik ham yanada kuchayadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uchrashuv davomida har ikki davlat hududlari o‘rtasida bir yilda ikki marta forum o‘tkazib turish taklif etildi. Ilk forum kuzda Jizzax viloyatida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter