Shavkat Mirziyoyev Shveysariya prezidentini tabrikladi. Bu qanday bayram?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Shveysariya Federal Prezidenti Uli Maurerni milliy bayram - Shveysariya Konfederatsiyasi tashkil topgan kun munosabati bilan tabrikladi.
Ushbu kun Shveysariyada federal darajada nishonlanadigan yagona bayram hisoblanadi. Mamlakat tarixiga ko‘ra, 1291 yilda Firvaldshtet ko‘li yaqinida uchta eng yirik kanton — Shvits, Uri va Untervalden vakillari uchrashadi. Ular tashqi dushmandan birgalikda himoyalanishga kelishib olishgan. Aynan shu kelishuv Shveysariya konfederatsiyasi tashkil topishiga olib kelgani aytiladi.
1891 yilda, Shveysariya tashkil topganining 600 yilligi nishonlangan tanatanada 1 avgust rasman bayram sifatida qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter