Shavkat Mirziyoyev «Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Hujjat mamlakatda bo‘ladigan saylov tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilishni ta’minlash, shuningdek, saylov jarayonlarini boshqarishda axborot tizimini joriy qilish kabi maqsadlarda qabul qilindi, deyiladi xabarda.
Qarorga ko‘ra:
Markaziy saylov komissiyasi — mamlakatning butun hududida Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy qilish va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan foydalanish bo‘yicha faoliyatga umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududlarda tizimning samarali ishlashini ta’minlashga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi;
«Davyergeodezkadastr» qo‘mitasi esa ko‘chmas mulk ob’yektlari manzillarining yagona reyestrini yuritish uchun javobgar organ hisoblanadi.
Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda, 2019-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda — uyma-uy yurib aylanish orqali fuqarolarning pasport ma’lumotlarini Ichki ishlar vazirligining axborot bazasidagi ko‘chmas mulk ob’yektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda, bu — doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi. Jarayonga sektor rahbarlari ham jalb etiladi.
Qaror matni bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter