Shavkat Mirziyoyev chet davlatlar rahbarlarini Hayit bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan qator xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarini tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Prezident Afg‘oniston, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Iordaniya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, Ummon, Qatar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Islom taraqqiyot banki, Shanxay hamkorlik tashkiloti, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariati, Kavkaz musulmonlari idorasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlariga tabriknomalar yo‘llagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter