Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. 

Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlar jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.

Qonun bilan Hukumat huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Shaxsga doir ma’lumotlar davlat boshqaruvi organlariga bepul beriladi.

Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Davlat shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi.

Jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun 2019-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring