Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Qirg‘iziston fuqarolarining nobud bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi.

Qardosh Qirg‘iziston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga ham hamdardlik maktubi yo‘llagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring