Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoning og‘riqli nuqtasi haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoning og‘riqli nuqtasi haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining yana bir og‘riqli muammosi — uy-joy qurish bo‘yicha rejalar haqida gapirgan.

«Joriy yilda jami 5 ming 36 kvartirali 143 ta ko‘p qavatli uy-joylar foydalanishga topshiriladi. Koson tumanining Do‘stlik, Yakkabog‘ tumanining Ayg‘irko‘l mahallalarida va Ko‘kdala tumanining Yettitom shaharchasida «Yangi O‘zbekiston» massivlarini barpo etishni boshladik. Bunda shu yilning o‘zida 1 ming 316 kvartirali 65 ta ko‘p qavatli uylar, 3 ta bog‘cha, 3 ta maktab, 1 ta tibbiyot muassasasi va ko‘plab zamonaviy xizmat ko‘rsatish ob’yektlari quriladi», degan davlat rahbari.

Bundan tashqari, «O‘zbekneftgaz» tomonidan yangi tashkil etilgan GTL zavodi ishchilarini uy-joy bilan ta’minlash uchun G‘uzor tumanida ham «Yangi O‘zbekiston» massivi barpo etiladi va joriy yilda 200 xonadonli 10 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, joriy yilda viloyat aholisiga 730 milliard so‘mlik imtiyozli ipoteka kreditlari hamda 1 ming 795 ta ehtiyojmand oilaga 72 milliard so‘m subsidiya ajratiladi. 30 ta qishloq va mahallalar «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bilan qamrab olinib, bunga 460 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Natijada 131 ming nafar aholi, jumladan, «Temir», «Ayollar» va «Yoshlar» daftarlariga kiritilgan 4 ming nafar fuqaroning yashash sharoiti yaxshilanadi. Yana 99 ta ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, atrofini obodonlashtirish, bolalar maydonchalarini qurishga 36 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring