Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan telefonda muloqotlashdi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan telefonda muloqotlashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Shahboz Sharif telefon orqali muloqot qildilar.

Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Pokiston yetakchisi davlatimiz rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy qutlab, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Suhbat chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda oliy darajada qabul qilingan bitim va kelishuvlar amalga oshirilishi muhimligini qayd etdilar.

Mamlakatlarimiz yetakchi korxonalari kooperatsiyasini rivojlantirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring