Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda «Yil odami» deb e’tirof etildi
Ozarbayjonda 2006-yildan buyon nashr etib kelinayotgan «Tarixi Şəxsiyyətlər» («Tarixiy shaxslar») jurnali an’anaga ko‘ra, har yili dunyo yetakchilari hamda ijtimoiy-siyosiy sohaning mashhur arboblari orasidan «Yil odami»ni aniqlaydi, deb xabar bermoqda O‘zA.
2017-yilda tahririyat qaroriga ko‘ra, Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bir ovozdan «Yil odami» deb e’lon qilingan edi. 2018-yilda esa ushbu nominatsiyaga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin munosib ko‘rilgan.
Tahririyat xodimlarining bir ovozdan qabul qilgan qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yaxshilash bilan birga mamlakat taraqqiyoti va ravnaqi, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Yil odami» deb e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan «Tarixi Şəxsiyyətlər» jurnalining keyingi soni O‘zbekiston Prezidenti va umuman, O‘zbekistonga bag‘ishlanadi, u rus tilida chop etiladi.
Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi ko‘magida tayyorlanayotgan «Tarixiy shaxslar» jurnalining maxsus soni taqdimoti Toshkent shahrida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter