Shavkat Mirziyoyev oktyabrda Ozarbayjonga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (turkiy kengash) 7-sammitida qatnashish uchun Boku shahriga boradi. Bu haqda turkiy kengash bosh kotibining bayonotida aytilgan.
«Turkiy kengash bosh kotibi sifatida mamnuniyat bilan ma’lum qilamanki, O‘zbekiston 14-sentyabr kuni Naxichevan bitimini ratifikatsiya qildi», deyiladi rasmiy bayonotda.
Qayd etilishicha, bu tarixiy qaror bitimning 10 yillik yubileyiga (2009-yil) to‘g‘ri kelgan. Kengashning 7-sammiti 15-oktyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonning turkiy kengashga qo‘shilishga qaror qilgani haqidagi xabar 12-sentyabrda chiqdi. Shuning uchun Senat shoshilinch tarzda yalpi majlis chaqirdi va ushbu bitimni ratifikatsiya qildi.
O‘zbekiston turkiy kengash sammitida ilk marta 2018-yil sentyabrda ishtirok etgan. Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida o‘tgan sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter