Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda

Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mamlakatimizda 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan uning nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga ikkin muddatga qayta saylanganingiz bilan chin dildan qutlashga ijozat bergaysiz.

Siz bilan, shu jumladan BMTning mamlakatingizdagi jamoasi hamda Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi orqali bizlarni qiziqtirgan masalalarda yaqindan hamkorlik qilishimizdan umidvorman.

BMT global xatarlarni birgalikda bartaraf etishda, shu jumladan xalqaro tinchlik va xavfsizlik, inson huquqlari va barqaror taraqqiyot masalalarida O‘zbekistonning ko‘magiga va qat’iy intilishiga tayanishda davom etadi.

Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.

 Antoniu Guterrish,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

O‘zbekiston Respublikasi xalqining faol qo‘llab-quvvatlashi bilan Prezident lavozimiga muvaffaqiyatli qayta saylanganingiz bilan Sizni samimiy qutlashga ijozat bergaysiz. Sizning mohirona rahbarligingizda O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini davom ettirishiga ishonaman.

Prezident sifatida faoliyatingizning ikkinchi muddati davomida Siz bilan yaqin hamkorlik qilish orqali mamlakatlarimiz o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashimizga umid qilaman.

Siz va rafiqangiz bilan joriy yil dekabr oyida Koreyada uchrashishimni orziqib kutmoqdaman.

Sizga mustahkam sog‘lik, O‘zbekiston Respublikasiga esa abadiy ravnaq tilayman.

 Mun Chje In,
Koreya Respublikasi Prezidenti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Yaponiya hukumati va xalqi nomidan Sizni O‘zbekiston Respublikasi lavozimiga qayta saylanganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro makonni barpo etish doirasida Yaponiya biz uchun muhim strategik hamkor bo‘lgan O‘zbekiston bilan sheriklikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Yaponiya O‘zbekistonning mamlakatni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini va Siz, Janobi Oliylarining rahbarligida olib borilayotgan islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

2019 yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrifingiz davomida erishilgan barcha kelishuvlar va qo‘shma loyihalarni bundan buyon ham birgalikda amalga oshirishimizga umid bildiraman.

Kelgusi yilda diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganining 30 yilligini keng nishonlaymiz. Umid qilamanki, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik barcha yo‘nalishlarda yanada rivojlanadi.

Ushbu imkoniyatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa bardavom ravnaq tilayman.

Fumio Kisida,
Yaponiya Bosh vaziri


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Prezident janoblari!

Sizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylanganingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llamoqdaman.

Ushbu lavozimdagi faoliyatingizning ikkinchi muddatida ham O‘zbekiston Siz tanlagan keng ko‘lamli islohotlar va jamiyat ochiqligini ta’minlash yo‘lidan borishiga hamda demokratiya va qonun ustuvorligi borasida yangi muvaffaqiyatlarga erishishiga umid bildiraman. Manfaatlar muvozonati va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga qaratilgan tashqi siyosati tufayli O‘zbekiston Markaziy Osiyoni barqarorlashtirishga bundan buyon ham muhim hissa qo‘shishiga ishonaman. Bu Afg‘onistonda kechayotgan bugungi voqealar nuqtai nazaridan ham favqulodda muhim ahamiyatga ega.

Ayniqsa, ikkimizning 2019 yilgi o‘zaro tashriflarimiz natijasida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanib, sezilarli faollashganini ijobiy baholayman. Germaniya kelajakda ham O‘zbekistonga ochiqlik yo‘lidagi harakatida sheriklik ko‘magini ko‘rsatishga va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyor. Siz bilan o‘rtamizdagi fikr almashinuvini yuksak qadrlayman va kelgusida uni davom ettirishdan mamnun bo‘laman.

Oldingizda turgan muhim vazifalarni bajarishda hamda Siz o‘zbek xalqini rozi qilishdek maqsadni o‘z oldingizga qo‘yganingizni hisobga olib, Sizga kuch-quvvat, muvaffaqiyat va doimiy omad tilayman.

Frank Valter-Shtaynmayer,
Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Siz O‘zbekiston Prezidenti yuksak lavozimiga qayta saylangan kunning ertasiga katta mamnuniyat bilan samimiy qutlovlarimni yo‘llamoqdaman. Ushbu lavozimdagi faoliyatingizni Fransiyaning do‘sti hisoblangan o‘zbek xalqi manfaatlari yo‘lida amalga oshirishda Sizga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Qayta saylanganingiz keyingi besh yilda Sizning rahbarligingizda jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan muhim islohotlar samarasi yanada yuksalishiga umid qilaman.

Ishonchim komilki, 2018 yilda Fransiyaga amalga oshirgan tashrifingiz tufayli hamkorligimizga bag‘ishlangan sur’at saqlanib qolib, Prezident lavozimidagi faoliyatingizning ikkinchi muddati ikki tomonlama munosabatlarning barcha – siyosiy, madaniy va iqtisodiy yo‘nalishlarida yanada rivojlanadi.

Afg‘onistondagi tahlikali vaziyatdan kelib chiqib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha muloqotni 30 avgust kuni o‘tgan suhbatimizda kuzatilgan o‘zaro anglashuv va hamkorlik ruhida davom ettirish ayniqsa muhimdir.

Shuningdek, Fransiya va O‘zbekiston global iqlim, salomatlik va iqtisodiy taraqqiyot kabi tobora dolzarb tus olayotgan masalalarga nisbatan xalqaro hamjamiyatning o‘zaro muvofiqlashtirilgan yechimlarni ishlab chiqishga ko‘maklashish maqsadida bu boradagi harakatlarini muvofiqlashtirishni davom ettirishiga umid qilaman.

Eng ezgu tilaklarimni izhor etarkanman, Siz, Prezident janoblariga bo‘lgan yuksak ehtiromimni bildiraman.

Hurmat bilan,

Emmanuel Makron,
Fransiya Respublikasi Prezidenti


Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Armaniston Respublikasi Prezidenti Armen Sarkisyan

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili

Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandr

Avstriya Respublikasi Federal Prezidenti Aleksandr Van der Bellen

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev

Gretsiya Respublikasi Prezidenti Katerina Sakellaropulu

Latviya Respublikasi Prezidenti Egilts Levits

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy

Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid

Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy

Qatar Davlati Amirining o‘rinbosari Abdulla bin Hamad Ol Soniy

Qatar Davlati Bosh vaziri, ichki ishlar vaziri Xolid bin Xalifa bin Abdulaziz Ol Soniy

Quvayt Davlati Amiri Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Quvayt Davlati Bosh vaziri Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh

Quvayt Davlati valiahdi Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Nguyen Suan Fuk

Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko

YuNESKO bosh direktori Odri Azule

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dod Amreyev

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy

Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong

BMTning Jenevadagi bo‘linmasi direktori Tatyana Valovaya.

 Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring