Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammitida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammitida ishtirok etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-oktyabr kuni Ostona shahrida «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammitida ishtirok etdi.

Uchrashuvda davlat rahbarlari – Vladimir Putin, Qasim-Jomart Toqayev, Sadir Japarov, Emomali Rahmon va Serdar Berdimuhamedovlar ham qatnashdi.

«Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston yetakchisi mintaqaviy sheriklikni kuchaytirish maqsadida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring