Shavkat Mirziyoyev Makronni g‘alaba bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronni ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.
«Aminmanki, davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch ruhidagi uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va intilishlarimiz orqali xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib boraveradi», deyiladi maktubda.
Eslatib o‘tamiz, Makron kecha bo‘lib o‘tgan saylovlarda Marin Le Penni ortda qoldirib, ikkinchi muddatga saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter