Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: «ria.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Genuya shahri yaqinidagi avtomobil ko‘prigi qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 14 avgust kuni Italiya shimolidagi Genuyada balandligi salkam 50 metr bo‘lgan A10 pullik avtomagistrali o‘tgan ko‘prik quladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 30 nafardan ziyod odamlar halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring