Shavkat Mirziyoyev ikki davlat rahbari bilan uchrashdi
Bugun, 10-oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga kelgach, Turkmaniston va Moldova Prezidentlari bilan uchrashgan.
Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti muvaffaqiyatli o‘tishini tilagan.
Uchrashuvlarda mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilingan.
Igor Dodon bilan uchrashuvda Prezidentlar o‘zaro almashinuvlarni faollashtirish hamda turli tarmoqlar uchun istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olishgan.
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham diqqat markazida bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter