Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiy bilan muzokara o‘tkazmoqda

Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiy bilan muzokara o‘tkazmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Diqqat markazida - o‘zaro savdo hajmini oshirish, kooperatsiyani kuchaytirish, sanoat, innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.

Mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston va Eron yetakchilari dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat, ShHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik masalalarini ham muhokama qiladilar.

Prezidentimiz bugun shuningdek, BMT bosh kotibi o‘rinbosari va Mo‘g‘uliston rahbarlari bilan ham uchrashdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring