Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi
Kecha 3-may kuni Hindistonda kuchli bo‘ron sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Rajaston va Uttar-Pradesh shtatlarida yuz bergan kuchli qum bo‘roni oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Ram Natx Kovindga va Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, hodisa oqibatida 95 kishi halok bo‘ldi va o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter