Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Hammamiz bir musht bo‘lishimiz kerak!»

Shavkat Mirziyoyev: «Hammamiz bir musht bo‘lishimiz kerak!»

Shavkat Mirziyoyev

Foto: «O‘zbekiston 24» dasturidan skrinshot

Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018-yilning 19—20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga borgani haqida xabar bergan edik.

19- yanvar kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Manbamizning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tgan sessiyada davlat rahbari nutq so‘zlab, rahbarlarning oldidagi vazifalar haqida fikr bildirgan.

«Hayot shunday murakkabki, bu hayotning davomiyligini inontirish, ishontirish, odamlarga mehr berish, odamlarni ertangi kunga safarbar qilish bu juda og‘ir. Qachon safarbar bo‘ladi? Hammamiz bir musht bo‘lsak. Xalqimiz hozir bu siyosatga ishonayapti. Adolatli siyosatga!», — deya ta’kidlagan O‘zbekiston Prezidenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring