Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga uning ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar izhor etilgan maktub yo‘lladi.
«Sizning ushbu yuksak lavozimdagi faoliyatingiz O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona va ko‘p qirrali munosabatlarni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonaman», — deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.
Eslatib o‘tamiz, Shtaynmayer Germaniya Federal yig‘ini saylovida 1045 ovoz to‘plab, ikkinchi muddatga mamlakat prezidenti bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter