Shavkat Mirziyoyev G‘alaba haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)
![Shavkat Mirziyoyev G‘alaba haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1562926854.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31-iyul kuni Minsk shahridagi G‘alaba haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
O‘zbekiston rahbariga Minsk shahar Ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Sivak hamrohlik qildi.
Faxriy qorovul kuzatuvida Shavkat Mirziyoyev yodgorlikka gulchambar qo‘ydi, marosimning boshqa ishtirokchilari yodgorlik yonidagi Mangu olovga gullar qo‘yishdi.
Ikki davlat madhiyalari yangradi. Mehmonlar Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/11/720__bL6aRvhMoqgxX3E7TITgnnNFF2nqH4Y4.jpg)
![](https://static.xabar.uz/uploads/11/720__JE6PL2RikrjEI2JNNXZ-HLcPbf3NNCRy.jpg)
![](https://static.xabar.uz/uploads/11/720__Nyqrubwtv0BcvFvP_Tx7ITuHo9luUUP0.jpg)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter