Shavkat Mirziyoyev Efiopiya Prezidenti va BMT Bosh kotibiga ta’ziya bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Efiopiya Prezidenti Saxle-Vork Zevde va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga hamdardlik bildirdi. Bu haqda «Xalq so‘zi Online» nashri ma’lum qildi.
Joriy yil 10 mart kuni Addis-Abeba aeroportidan uchib chiqishda samolyotning qulashi oqibatida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar, jumladan, BMT tizimining 19 nafar xodimi halok bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter