Shavkat Mirziyoyev Bolgariya prezidentini tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Bolgariya prezidenti Rumen Radev va butun Bolgariya xalqini ushbu mamlakatning milliy bayrami — Bolgariya xalos etilgan kun bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Bolgariya birinchilardan bo‘lib, ya’ni 1992-yilning 6-yanvarida O‘zbekistonning mustaqilligini tan olgan davlatlardan biridir. 1992-yilning 13-sentyabr kuni O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 20-sentyabr kuni Nyu-Yorkda bolgariyalik hamkasbi Rumen Radev bilan uchrashgan edi. Oliy darajadagi mazkur uchrashuvda O‘zbekiston – Bolgariya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan, Rumen Radev Bolgariya Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni, Markaziy Osiyoda davlatlararo muloqotni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni qadrlashini ta’kidlagandi.
Mavzkur uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Bolgariya prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter