Shavkat Mirziyoyev BAA ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahrida mamlakatimiz delegatsiyasi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Bu borada o‘zaro tajriba almashish, delegatsiyalar tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter