Shavkat Mirziyoyev Armaniston Prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 2-mart kuni Armen Sarkisyanni Armaniston Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z qutlovida o‘zaro hurmat va anglashuv tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Armaniston munosabatlari bundan buyon ham ikki xalq manfaatlari yo‘lida izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter