Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtati Yuvalde shaharchasida sodir bo‘lgan otishma oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan prezident Jo Baydenga hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha AQShning Texas shtatidagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishmada 18 o‘quvchi va uch kishi, jami 21 odam halok bo‘lgandi. 18 yoshli qotil politsiya tomonidan otib tashlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter