Shavkat Mirziyoyev Anqaraga yetib bordi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Anqara shahriga keldi.
Esenbog‘a xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Anqara muzofoti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Ertaga, 16-mart kuni Prezidentimiz Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter