Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi
![Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2525214479.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kobul va Puli-Xumri shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga maktub yo‘lladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida Afg‘oniston xalqi, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 22-aprel kuni Afg‘onistonning ikki shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 57 olti kishi halok bo‘ldi, 119 kishi jarohatlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter