Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Seul Pxenyan bilan tinchlik shartnomasini tuzish shartini ma’lum qildi

Seul Pxenyan bilan tinchlik shartnomasini tuzish shartini ma’lum qildi

Foto: «Sickchirpse.com»

Janubiy Koreya KXDR bilan Pxenyan yadroviy quroldan voz kechsagina tinchlik shartnomasini tuzishi mumkin. Bu haqda «Lenta.ru» xabar qilmoqda.

Koreya Respublikasi prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yonning agentlikka ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya hukumati yadroviy quroldan voz kechilgan taqdirda KXDRga yonbosishning turli yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda. Uning ta’kidlashicha, mamlakat Shimoliy Koreya bilan muzokara o‘tkazish borasida o‘z tarafdorlari bilan maslahatlashmoqda.

«Masalan, biz KXDRdan kelayotgan tahdidlarni qanday bartaraf etishni muhokama qilayapmiz. Shuningdek, agar ular to‘g‘ri qaror qabul qilishsa, biz Shimoliy Koreyaning yorqin kelajagini qanday ta’minlay olishimiz borasida har tomonlama muhokamalar olib bordik», — deydi Chon Iy Yon.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring