Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergey Lavrov gaz ittifoqi haqida gapirdi

Sergey Lavrov gaz ittifoqi haqida gapirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ittifoq tuzish masalasini faol muhokama qilishayotganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi gaz ittifoqi barcha ishtirokchilar uchun foydali,  dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda bo‘lib o‘tgan brifingda.

«Uch davlat, jumladan, prezidentlar darajasida ham energiya xavfsizligini mustahkamlashga imkon beradigan ushbu keng ko‘lamli loyihani muhokama qilishda oldinga siljish bor. Bu yerda hamma uchun imtiyozlar bo‘ladi, chunki gaz yetkazib beruvchilar bor. Bu masalaga qiziquvchilar ham bor.Tomonlar tranzit shartlari va narx-navo bo‘yicha kelishib olsa, hamma yutadi», dedi Sergey Lavrov.

MDH vazirlar kengashi yig‘ilishida gaz ittifoqi masalasi muhokama qilinmadi, chunki uning MDHga bevosita aloqasi yo‘q, dedi Lavrov.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari sammitida Hamdo‘stlik mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari vakillari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi Bosh kotibi ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring