Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergey Lavrov Toshkentga keldi

Sergey Lavrov Toshkentga keldi

Foto:«O‘zA»

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 15-yanvar kuni mamlakatimizga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov, Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqa shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokara o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring