Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatning navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi

Senatning navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi

Oliy Majlis Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisini 2022 yil 13 iyun kuni chaqirish to‘g‘risida Senat kengashining qarori qabul qilingan.

Senatning navbatdagi yalpi majlisida bir qator masalalar ko‘rib chiqiladi. Jumladan, «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi, «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi, «Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi o‘rin olgan.

Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi qonuni ham ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, senatorlar Oliy sud raisini saylash to‘g‘risidagi masalani muhokama qiladilar.

Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring