Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat yangi qonunni ma’qulladi

Senat yangi qonunni ma’qulladi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Senatning oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi. 

Majlisda «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi Qonun ma’qullandi.

Qonunda innovatsiya va innovatsion faoliyatga oid asosiy tushunchalar, innovatsion faoliyatning prinsiplari va uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari belgilanmoqda.

Shu bilan birga, innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish, bu borada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanishi ham bayon etilgan.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring