Senat shoshilinch tarzda yalpi majlis chaqirdi
![Senat shoshilinch tarzda yalpi majlis chaqirdi](https://static.xabaruz.com/crop/6/7/720_460_95_671620202.jpg)
Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi 2019-yil 14-sentyabr kuni Toshkent shahrida ochiladi.
Senat axborot xizmati majlisda qanday masalalar ko‘rilishi haqida ma’lumot bermagan. Ko‘p ehtimol bilan «Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009-yil 3-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi hujjat ma’qullanadi.
Chunki, kecha xabar berganimizdek, O‘zbekiston turkiy kengashga qo‘shilishga ariza berib bo‘lgan. A’zolik jarayoni allaqachon boshlangan. Bunga esa qonuniy asos kerak.
Senatning 21-yalpi majlisi yaqindagina, 23-24-avgust kunlari bo‘lib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter