Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda O‘zbekiston va Belarus hukumatlararo komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Samarqandda O‘zbekiston va Belarus hukumatlararo komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 5 dekabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko boshchiligidagi hukumatlar  delegatsiyalari ishtirok etgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘zaro sa’y-harakatlari va siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston-Belarus ko‘p qirrali hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda, shuningdek sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, hududlararo hamkorlik salohiyatini mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvlar ko‘lamini kengaytirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring