Samarqandda O‘zbekiston — Tojikiston chegarasi bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tdi
2019-yilning 11-17-aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston — Tojikiston Davlat chegarasi demarkatsiyasining tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston — Tojikiston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlandi hamda dala ishlari reja-grafigi kelishildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra Protokol imzolandi. Ikki mamlakat delegatsiyalarining navbatdagi majlisi may oyining ikkinchi o‘n kunligida Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter