Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Fransiyaning faxriy konsulligi ochildi

Samarqandda Fransiyaning faxriy konsulligi ochildi

Foto:«Uza.uz»

Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar bo‘yicha vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan–Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya 16-aprel kuni Samarqandga keldi. Bu haqda O‘zA yozmoqda. 

Delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida tashkil etilgan Fransiyaning faxriy konsulligini ochilishida qatnashgan. 

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda aloqalarning tobora rivojlanib borayotgani ta’kidlangan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra Fransiya fuqarolari O‘zbekiston hududiga tegishli vizani rasmiylashtirmasdan 30 kungacha kirishlari mumkinligi belgilangan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring