Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva AQSh elchisi bilan bo‘lajak tashrif masalasini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva AQSh elchisi bilan bo‘lajak tashrif masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi bilan AQShga bo‘lajak tashrif masalalarini muhokama qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—AQSh hamkorligiga oid dolzarb masalalar, o‘zaro munosabatlarni yana kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan. Elchi AQSh mamlakat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiqligini tasdiqladi.

“Bugun AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdik. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—AQSh hamkorligiga oid dolzarb masalalar, o‘zaro munosabatlarni yana kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdik. 

Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga bo‘lajak tashrifi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildik. 

Amerika tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi turli sohalarda aloqalarni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanligini bildirib, AQSh mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiqligini tasdiqladi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring