Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning Afg‘onistondagi konsulligi Termizga ko‘chirilgani rasman tasdiqlandi

Rossiyaning Afg‘onistondagi konsulligi Termizga ko‘chirilgani rasman tasdiqlandi

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yu.Kabuljanov qator OAVlar tomonidan Rossiya Federatsiyasining Hayraton shahridagi (Afg‘oniston) Konsullik muassasasi xodimlari Termiz shahriga ko‘chirilgani to‘g‘risidagi murojaatlariga izoh berdi. 

«Darhaqiqat, hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasining Hayraton shahrida (Afg‘oniston) konsullik muassasasida faoliyat yuritgan diplomatlar O‘zbekiston hududiga muvaffaqiyatli tarzda olib kelindi».

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda kuchayib borayotgan siyosiy tanglik tufayli bir necha o‘nlab afg‘on askarlari chegarani kesib o‘tgani ham xabar qilingandi. So‘nggi marta Tashqi ishlar vazirligi 27-iyun kuni 44 kishi chegarani kesib o‘tganini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring