Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Resurslar uchun shafqatsiz kurash ketmoqda» — Shavkat Mirziyoyev

«Resurslar uchun shafqatsiz kurash ketmoqda» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqida milliy mustaqillikni mustahkamlash uchun amalga oshiriladigan ishlar haqida gapirdi.

— Hozirgi vaqtda dunyoda turli kuchlar o‘rtasida qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchaymoqda, resurslar uchun shafqatsiz kurash ketmoqda. Mintaqamizdagi tinchlik va xavfsizlikka nisbatan, yangi-yangi tahdidlar paydo bo‘lmoqda.

O‘z-o‘zidan ravshanki, globallashuv va keskin raqobat zamoni, shiddat bilan o‘zgarayotgan hayot bizning oldimizga kechiktirib bo‘lmaydigan, o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.

Mana shunday murakkab va qaltis vaziyatda barchamiz tinch va osoyishta hayotimizni asrash, milliy mustaqilligimizni mustahkamlash uchun, yanada jipslashib, hushyor va ogoh bo‘lib, dadil va qat’iy harakat qilishimiz zarur.

Shu maqsadda, har bir xonadon va mahallada, butun yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish, jahon hamjamiyati bilan do‘stlik va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan, strategik yo‘limizni yanada izchil davom ettiramiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring