IIVda Zokirjon Almatov uchun yangi lavozim joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan ichki ishlar organlarida yosh kadrlar salohiyatini oshirish tizimini yaratish, ularning kasbiy mahoratini yuksaltirish uchun hurmat va obro‘ga ega bo‘lgan xodimlarning ichki ishlar organlaridagi boy amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining maslahatchisi lavozimi kiritildi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ushbu lavozimga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan hayotiy boy tajribaga ega, ko‘p yillar davomida respublikamizda jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga katta hissa qo‘shgan Zokirjon Almatov tayinlandi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov buyruq bilan shaxsiy tarkibni tanishtirdi.
General-polkovnik Zokirjon Almatov 1991-2006-yillarda Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab, bir qancha xodimlarga ustozlik qilib, nafaqaga kuzatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter