Qatarning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakili Toshkentga keldi
Qatar Tashqi ishlar vazirligining nizolarni hal qilishda terrorizm va vositachilikka qarshi maxsus vakili Mutlaka bin Majid al-Qahtoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Anvar Muhammad Gargash «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
O‘zA bergan xabarga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27-martga mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter