Putin va To‘qayev «uch tomonlama gaz ittifoqi»ni muhokama qildi
Putin va To‘qayev Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonning «uch tomonlama gaz ittifoqi»ni muhokama qilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin Kremlda uchrashib, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida «uchlik gaz ittifoqi»ni yaratish masalasini muhokama qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Qozog‘iston rahbari matbuot kotibi Ruslan Jeldibayning so‘zlariga ko‘ra, bunday ittifoqdan maqsad «Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari orqali o‘tkazish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish»dir.
Yevropa Ittifoqi ham Markaziy Osiyo davlatlari bilan transport yo‘laklarini qurish doirasida hamkorlikni kengaytirish tarafdori, biroq bunda Rossiya chetlab o‘tiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter