Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin 2030-yilgi Prezident saylovida qatnashishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi

Putin 2030-yilgi Prezident saylovida qatnashishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi

Foto: «Iz.ru»

Rossiya prezidenti saylovida yetakchilik qilayotgan Vladimir Putin matbuot anjumani davomida 2030 yili bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ham qatnashish istagi bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob qaytardi:

Putin jurnalistning savoliga: «Menga quloq solinglar, nazarimda, bu gaplaringiz biroz kulgili. Keling, hisoblaymiz, sizningcha men 100 yoshgacha bu yerda o‘tiramanmi? Yo‘q!» deya javob qaytardi.

2030-yilning bahorida Vladimir Putin 77 yoshga to‘ladi.

2018-yilning 18-mart kuni Rossiyada mamlakat prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Hozirgacha 59,6 foiz byulleten hisoblab bo‘lingan. Ayni paytgacha aniqlangan natijalarga ko‘ra, saylovchilarning 75,5 foizi Vladimir Putinni qo‘llab ovoz bergan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Rossiya kommunistik partiyasidan nomzod Pavel Grudinin 12,9 foiz ovoz bilan egallab turibdi. Uchinchi o‘rinda esa Vladimir Jirinovskiy 6,1 foiz ovoz bilan bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring