Prezident Xalqaro atom energetikasi agentligi rahbariga ta’ziya bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Yukiya Amanoning vafot etgani munosabati bilan vaqtincha direktor bo‘lgan Meri Elis Xeyvordga ta’ziya yo‘llagan.
MAGATE bosh direktori Yukiya Amano bugun 73 yoshida hayotdan ko‘z yumgan. Motam munosabati bilan agentlik bayrog‘i tushirilgan.
O‘tgan hafta Amanoning iste’foga chiqishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Bugun bu haqda rasmiy ma’lumot chiqishi aytilgandi.
Amano MAGATE direktorligiga 2009 yilda kelgan, ungacha Yaponiyaning agentlikdagi elchisi va doimiy vakili sifatida ishlagan. Shuningdek, u BMTda, Yaponiya ichki ishlar vazirligida ham faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter