Prezident Turkiyaga tashrifini yakunladi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi.
Kecha davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bugun Anqara shahrida O‘zbekiston Prezidenti raisligida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida qator muhim tashabbuslarni ilgari suridi.
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Sammit yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter